Tovush protsessoringizni mos Apple qurilmasi^ bilan juftlash
Men mos keluvchi Nucleus® tovush protsessorimni oʻzimning iPhone yoki iPod touch qurilmam bilan qanday juftlayman?
Nucleus Smart ilovasining nazorat xususiyatlaridan foydalanishdan oldin siz tovush protsessorlaringizni mos iPhone yoki iPod touch qurilmasiga juftlashingiz lozim. Bogʻlashga oid batafsil maʼlumot uchun Nucleus Smart ilovaning KSS qismiga qarang.
Nucleus 8 tovush protsessorini juftlash
Nucleus 7 yoki Kanso 2 tovush protsessorlarini juftlash
Men ikki tomonlama tovush protsessorlarimni iPhone yoki iPod touch qurilmam bilan bogʻlashim mumkinmi?
Ha. Agar sizda ikki tomonlama tovush protsessorlari boʻlsa, siz tovush protsessorlarining har ikkisini mos keluvchi Apple qurilmasiga juftlashingiz lozim. Buni amalga oshirish uchun har ikkala tovush protsessorini bir vaqtning oʻzida (ayni juftlash oynasida) juftlang va ular “‘chap’” va “‘oʻng’” qurilma sifatida toʻgʻri oʻrnatilganiga ishonch hosil qiling.
^ Cochlear Nucleus Smart ilovasini App Store va Google Play doʻkonlaridan olish mumkin. Muvofiqlik maʼlumoti uchun www.cochlear.com/compatibility saytiga kiring.
Apple, Apple logotipi, FaceTime, Made for iPad logotipi, Made for iPhone logotipi, Made for iPod logotipi, iPhone, iPad Pro, iPad Air, iPad mini, iPad va iPod touch AQSh va boshqa mamlakatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan Apple Inc. kompaniyasining savdo belgilari sanaladi. App Store AQSh va boshqa mamlakatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan Apple Inc. kompaniyasining xizmat belgisi sanaladi.
Eshitishga oid muammolarni davolash boʻyicha oʻzingizning shifokoringiz bilan maslahatlashing. Natijalar farq qilishi mumkin va shifokoringiz sizning natijangizga oʻz taʼsirini oʻtkazishi mumkin boʻlgan omillarni tushuntirishi mumkin. Doimo foydalanish boʻyicha koʻrsatmalarga amal qiling. Barcha mahsulotlar ham barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lavermaydi. Mahsulot haqida maʼlumot olish uchun mahalliy Cochlear vakiliga murojaat qiling.