Nucleus® Smart ilovasi: Koʻp soʻraladigan savollar
Mos keluvchi smartfonlarga ulanishi mumkin boʻlgan Cochlear™ Nucleus® tovush protsessorlari Nucleus Smart ilovasidan foydalanishi mumkin. Muvofiqlik maʼlumoti uchun www.cochlear.com/compatibility saytiga kiring.
Nucleus Smart ilovasi iOS 11.0 yoki keyingi versiyalardagi iPhone 5s (yoki keyingi) va iPod 6-avlod qurilmalari (yoki keyingi) bilan mos keladi. U boshqa Apple qurilmalari bilan ishlashga moʻljallanmagan. Muvofiqlik maʼlumoti uchun www.cochlear.com/compatibility saytiga kiring.
Nucleus Smart ilovasini Apple App doʻkonidan bepul yuklab olish mumkin. App Store belgisini bosing, “Nucleus Smart” deb qidiring va keyin Nucleus Smart ilovasini yuklab olish uchun tanlang. Nucleus Smart ilovasi barcha mamlakatlarda ham boʻlmasligi va shu sabab qidiruv natijalarida chiqmasligi mumkinligiga eʼtibor bering.
Siz Nucleus Smart ilovasini yuklab olgandan va oʻrnatgandan keyin turli funksiyalar va xususiyatlarni oʻrganishni boshlash uchun “Demo rejimini” bosing. U sizga Nucleus Smart ilovasini oʻrganish va siz muvofiq keluvchi tovush protsessorlariga ega boʻlishingizdan oldin ham uni qanday ishlatishni oʻrganishga yordam beradi.
Tovush protsessoringizni Nucleus Smart ilovasi bilan nazorat qilishingiz uchun sizga Cochlear hisobingiz tafsilotlari bilan kirish talab etiladi. Agar sizda Cochlear hisobi boʻlmasa, siz ilovani yuklab olgandan keyin “Yangi hisob yaratish” bandini bosish va ekrandagi yoʻriqlarga amal qilish orqali hisob yaratishingiz mumkin.
Siz mos keluvchi tovush protsessorini beshtagacha Apple qurilmasi bilan bogʻlashingiz va ularning barchasiga Nucleus Smart ilovasini oʻrnatishingiz mumkin. Ammo siz bir vaqtning oʻzida faqat bitta tovush protsessorini mos keluvchi Apple qurilmangizga ulay olasiz.
Demo rejimida siz namoyish maqsadida yoki shunchaki sinab koʻrish uchun Nucleus Smart ilovasidan mos keluvchi tovush protsessoriga ulanmasdan foydalanishingiz mumkin. Siz demo rejimini Nucleus Smart ilovasining “Sozlamalar” ostida yoqishingiz/oʻchirishingiz mumkin.
Ha. Agar siz oʻzingizning Apple qurilmangizni farzandingizning tovush protsessoriga bogʻlasangiz, siz protsessorni nazorat qilishingiz va kuzatishingiz mumkin, bu sizga tovush protsessoriga teginmasdan zaryad darajasini koʻrish, tovush balandligini sozlash va dasturni oʻzgartirish imkoniyatini beradi.
Siz sizning telefon chaqiruvlaringiz yoki musiqangiz ularning protsessoriga oqmasligi uchun farzandingizning audio oqimini oʻchirib qoʻyishni xohlashingiz mumkin. Siz buni Apple qurilmangizning “Sozlamalar” qismidagi “Kirish imkoniyati” boʻlimi ostida oʻz eshitish qurilmangiz uchun “Audio marshrutizatsiyani” oʻzgartirish orqali amalga oshirishingiz mumkin. “Audio marshrutizatsiya” sozlamalarida, chaqiruvlar yoki media uchun oqimlarni toʻxtatish uchun “Chaqiruvlar audiosi” yoki “Media audioso” uchun “Eshitish qurilmalari uchun hech qachon” bandini tanlang. Bu farzandingizning tovush protsessoriga oqimni toʻxtatadi, ammo uni Nucleus Smart ilovasi yordamida nazorat qilish mumkin boʻladi.
Agar siz Nucleus Smart ilovasidan foydalanib oʻzingizning tovush protsessoringizni sozlay olmasangiz, sizning mos keluvchi Apple qurilmangiz tovush protsessori bilan yetarlicha juftlanmagan boʻlishi mumkin.
Juftlash jarayoni haqida batafsil maʼlumot olish uchun bizning bogʻlash animatsiyamizni tomosha qiling. Agar siz juftlash jarayonini muvaffaqiyatli bajargan boʻlsangiz, qurilmangiz tavsiya etilgan diapazonda ekani hamda hech narsa ortiqcha xalaqit bermayotganiga ishonch hosil qiling. Agar muammo hal boʻlmasa Cochlear bilan bogʻlaning.
Nucleus Smart ilovasi bosh ekranining yuqori oʻng burchagida siz batareya belgisini koʻrasiz. U sizga tovush protsessori zaryadi qanchalik toʻla ekanini koʻrsatadi. “Holat” ekranini koʻrish uchun batareya belgisiga bosing, u sizga tovush protsessorining zaryadi darajasi haqida batafsil maʼlumot beradi. Ushbu ekran yana sizning tovush protsessoringizga yetkaziladigan tovush balandligi darajasi hamda tovush protsessori maqomi koʻrsatkichini ham namoyish etadi. Tasdiq belgisi tovush protsessori toʻgʻri ishlayotganidan darak beradi.
Mos keluvchi Apple qurilmangizda barcha ishlayotgan ilovalarni koʻrish uchun Bosh tugmani ikki marta bosing. Ilovalaringiz orasida tekshirish uchun oʻngga yoki chapga suring va agar Nucleus Smart ilovasi ishlayotgan boʻlsa, siz uni ilovalarning dastlabki ko‘rish shaklida topasiz. Ilovaga qaytish va undan foydalanishni davom ettirish uchun Nucleus Smart ilovasining dastlabki ko‘rish shakliga bosing. Ogohlantirish signallarini olish, yoʻqolgan tovush protsessorini topish va Eshitish trekeri funksiyalaridan foydalanish uchun ilovangiz doimo Apple qurilmangizda ishlab turishi lozim. Agar muammolarni hal qilish uchun ilovani yopish lozim boʻlsa, ilovani qayta ochishni unutmang.
Nucleus Smart ilovasi faqatgina siz uni majburiy yopsangizgina yopiladi. Siz ilovani faqat muammolarni hal qilish maqsadlari uchun yopishingiz lozim, chunki ilova “Mening protsessorimni topish” va “Eshitish trekeri” funksiyalaridan foydalanish uchun ishlab turishi lozim. Ilovani yopish uchun mos keluvchi Apple qurilmasida ikki marta Bosh tugmani bosing va siz barcha ishlayotgan ilovalarni koʻrasiz. Toki Nucleus Smart ilovasi dastlabki ko‘rish shaklini topguncha ochiq ilovalaringiz orasida tekshirish uchun oʻngga yoki chapga suring Nucleus Smart ilovasi dastlabki ko‘rish ekranini topganida, ilovani yopish uchun tepaga suring.
Agar sizda hali ham muammo yuz berayotgan boʻlsa yoki Nucleus Smart ilovasi haqida har qanday savollaringiz boʻlsa, maslahat yoki koʻmak olish uchun quyidagi manzil orqali mahalliy Cochlear ofisi bilan bogʻlaning: cochlear.com/intl/contact/global-offices.
Apple Watch uchun Nucleus Smart ilovasi mos keluvchi iPhone telefonidagi Nucleus Smart ilovasiga ulanadi, u bevosita tovush protsessoringizga ulanmaydi. Apple Watch uchun Nucleus Smart ilovasi ishlashi uchun iPhoneda Nucleus Smart ilovasi ishlab turishi lozim.
Apple Watch iPhone telefoniga ulanish uchun Bluetooth® dan foydalanadi va shu Bluetooth ulanishi orqali Apple Watch uchun Nucleus Smart ilovasi Nucleus Smart ilovasi bilan bogʻlanadi.
Apple Watch uchun Nucleus Smart ilovasining tovush protsessori sozlamalri oʻzgarganda, bu sozlamalar iPhone telefonidagi Nucleus Smart ilovasida darhol oʻz aksini topadi.
Minimum mos keluvchi watchOS (Apple Watch operatsion tizimi) bu 6-versiyadir.
Muvofiqlik haqidagi maʼlumotlarni www.cochlear.com/compatibility sahifasida olish mumkin
Apple Watch uchun Nucleus Smart ilovasining Nucleus Smart ilovasi bilan muvofiqligi barcha mamlakatlarda sotilmasligi ham mumkin. Mahsulotning mavjudligi borasida batafsil maʼlumot olish uchun Cochlear bilan bogʻlaning.
Agar iPhone sizning tovush protsessoringiz bilan aloqani yoʻqotsa, Apple Watch uchun Nucleus Smart ilovasi uni nazorat qilish imkoniga ega boʻlmaydi.
Sizdan tovush protsessoringizga ulanishni qayta tiklash uchun iPhone telefonida Nucleus Smart ilovasini ochish soʻraladi.
Apple Watch uchun Nucleus Smart ilovasidan tovush protsessorini boshqarish uchun siz Nucleus Smart ilovasiga kirishingiz lozim.
Agar sizda mos keluvchi Nucleus tovush protsessori boʻlsa, siz masofadan mikrodasturni yangilashdan foydalanishingiz mumkin. Bu siz shifoxonaga bormasdan turib Cochlear proshivka yangilanishlarini bevosita sizning tovush protsessoringizga yuborishi mumkinligini anglatadi.
Masofadan mikrodasturni yangilashlar Nucleus Smart ilovasi orqali qabul qilinishi mumkin. Internetga ulanganda siz ilova orqali proshivka yangilanishi paydo boʻlganida xabar olasiz. Siz yangilanishni qabul qilganingizda, yangi mikrodastur orqa fonda yuklab olinadi (sizning tovush protsessoringizga xalaqit bermasdan). Yuklab olish yakuniga yetganida sizdan mikrodastur yangilanishini qoʻllash uchun tovush protsessorini qaytadan ishga tushirish soʻraladi. (Buni qulay vaqtda amalga oshirish mumkin.) Yangilanish amalga oshirilgandan keyin sizga tovush protsessoringiz eng yangi versiyada ekani haqida bildirishnoma yuboriladi. Muvofiqlik maʼlumoti uchun www.cochlear.com/compatibility saytiga kiring.
Internetga ulanganda siz ilova orqali mos keluvchi tovush protsessori qismi uchun mikrodastur yangilanishi paydo boʻlganida xabar olasiz. Siz yangilanishni qabul qilganingizda, yangi mikrodastur orqa fonda yuklab olinadi (tovush protsessori funksiyasiga xalaqit bermasdan). Yuklab olish yakuniga yetganida sizdan mikrodastur yangilanishini qoʻllash uchun tovush protsessorini qaytadan ishga tushirish soʻraladi. (Buni qulay vaqtda amalga oshirish mumkin.) Yangilanish amalga oshirilgandan keyin sizga tovush protsessoringiz eng yangi versiyada ekani haqida bildirishnoma yuboriladi.
Eshitishga oid muammolarni davolash boʻyicha oʻzingizning shifokoringiz bilan maslahatlashing. Natijalar farq qilishi mumkin va shifokoringiz sizning natijangizga oʻz taʼsirini oʻtkazishi mumkin boʻlgan omillarni tushuntirishi mumkin. Doimo foydalanish boʻyicha koʻrsatmalarga amal qiling. Barcha mahsulotlar ham barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lavermaydi. Mahsulot haqida maʼlumot olish uchun mahalliy Cochlear vakiliga murojaat qiling.