Nucleus® Smart ilovasi: Xususiyatlar
Sizning tovush protsessoringiz muntazam ravishda eshitish muhitini nazorat qiladi va nutq boʻlgan holatlarni aniqlay oladi. “Nutqdagi vaqt” ekranidagi jadvallar soʻzlashish muhitida sarflangan vaqtni nazorat qiladi. Agar siz striming aksessuaridan (masalan, mos keluvchi iPhone) foydalansangiz, oʻsha vaqt ham hisoblanadi va jami “Nutqdagi vaqtga” qoʻshiladi.
Eshitish muhitida sarflangan vaqt sizning eshitish qobiliyatingizning yaxshilanishi bilan korrelyatsiya boʻladi. “Nutqdagi vaqt” maqsadi hamma uchun har xil boʻladi hamda yosh, oila, ish holatlari va sizning eshitish holatingizga bogʻliqdir. Boshlashning yaxshi yoʻli bu “Nutqdagi vaqtni” taxminan bir hafta kuzatish, keyin esa maqsadingizni biroz kattaroq qoʻyib oʻzgarishlarni tekshirishdir.
Nucleus Smart ilovasidagi maslahatlar sizga “Nutqdagi vaqtni” oshirish imkoniyatini beradi.
Tovush protsessoringiz implantingizdan uzilganida bunga “G‘altak oʻchishi” deyiladi. “G‘altak oʻchishlari” holatlari deb tovush protsessoringizning biror kunda atayin (masalan, kiyim almashtirganda yoki dush qabul qilganda) oʻchirilishi yoki g‘altak yoki tovush protsessori beixtiyor (masalan, uzilib qolishi) uzilgan holatlarning soniga aytiladi. “G‘altak oʻchishi” shuningdek tovush protsessoringizning g‘altak kabelida muammo yuz bersa ham kuzatilishi mumkin.
“Chulgʻam oʻchishi” holatlari soni hammada har xil boʻladi va bu yashash tarziga bogʻliqdir. Oʻzingizning asosiy chiziqlaringizni belgilab olish yaxshi fikrdir. Siz har hafta yuz beradigan “G‘altak oʻchishlari” sonining oʻrtacha koʻrsatkichidan siz va farzandingiz uchun normal raqam qaysi ekanini tushunishda foydalanishingiz mumkin. Muqobil ravishda, siz “G‘altak oʻchishlari” holatlari yuz bermagan yoki juda kam yuz berganiga ishonchingiz komil boʻlgan kunlardagi “G‘altak oʻchishlari” holatlarini belgilab borishingiz mumkin. Siz usbhu asosiy chiziqdan o‘zingiz koʻrayotgan “G‘altak oʻchishlari” odatdagidan yuqoriroq ekani yoki yoʻqligini aniqlash uchun foydalanishingiz mumkin.
Nucleus Smart ilovasidagi maslahatlar sizga “G‘altak oʻchishlari” holatlarini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Eslatma: Nucleus Smart ilovasi ichidagi Eshitish trekeridagi G‘altak oʻchishlari xususiyati Nucleus 22 implantlari foydalanuvchilari uchun mavjud emas.
Sizning tovush protsessoringiz va mos keluvchi Apple qurilmasi bilan aloqa uzilgan boʻlishi mumkin va natijada bu vaqtda yetarlicha maʼlumot toʻplanmagan.
Kelajakda bunday holatning oldini olish uchun, sizning iPhone yoki iPod touch qurilmangiz va tovush protsessoringiz yoniq ekaniga, Bluetooth® yoqilganiga va sizning mos keluvchi Apple qurilmangiz yaqin masofada ekaniga (kamida ertalab va kechqurun bir marta) ishonch hosil qiling.
Shunga ahamiyat beringki, maʼlumotlar toʻplanishi uchun Nucleus Smart ilovasi ishlab turishi lozim, ammo old ekranda faol holatda boʻlishi shart emas.
Yoʻq. Siz shunchaki mos keluvchi Apple qurilmangiz va mos keluvchi tovush protsessorlaringiz yoniq ekani, muntazam ravishda bir-biriga yaqin ekani (kamida ertalab va kechqurun bir marta), Bluetooth yoniq ekani va Nucleus Smart ilovasi mos keluvchi Apple qurilmasida ishlab turganiga ishonch hosil qiling.
Yoʻq. Maxfiyligingiz biz uchun muhim. Sizning tovush protsessorlaringiz atrof-muhitni kuzatadi va nutqni aniqlaydi, ammo audiolarni qayd etmaydi.
ForwardFocus Custom Sound Pro garnitura dasturida davolovchi shifokor tomonidan yoqiladi va Nucleus Smart ilovasi yordamida foydalanuvchi tomonidan yoki avtomatik dastur sifatida boshqarilishi mumkin. ForwardFocus sizga qiyin eshitish muhitida yaxshiroq eshitishga yordam berishi mumkin. Davolovchi shifokor uni Nucleus Smart ilovasining “Dastur” yorligʻida oʻchirishi yoki yoqishi mumkin.
Yoqilganda ForwardFocus orqangizdan kelayotgan har qanday shovqinni pasaytiradi va siz oldingizda gapirayotgan odamni yaxshiroq eshitishingiz mumkin boʻladi. Shunchaki uni oldingizda gapirayotgan odamga eʼtiboringizni koʻproq qaratishni xohlagan muhitlarda yoqing kerak boʻlmaganda, masalan, sokin joylarda uni oʻchirib qoʻying.
ForwardFocus Nucleus 8, Nucleus 7 va Kanso 2 tovush protsessorlarida mavjud. ForwardFocus tibbiyot xodimi tomonidan sozlanishi lozim. Batafsil maʼlumot uchun Cochlear yoki eshitish boʻyicha tibbiyot xodimi bilan bogʻlaning.
Axborotni sinxronlash Nucleus Smart ilovasining funksiyasi boʻlib, u sizning tovush protsessoringizdagi maʼlumotlarni Cochlear Cloud bilan sinxronlash imkoniyatini beradi.
Agar Axborotni sinxronlash faollashtirilgan boʻlsa, Eshitish trekeri maʼlumotlarining zaxirasi yaratiladi va maʼlumotlar olingan barcha qurilmalardan toʻplanadi. Bu agar siz telefoningizni yoʻqotsangiz, siz boshqa qurilmadan kirsangiz ham maʼlumotlaringiz yoʻqolmaydi deganidir.
Siz tovush protsessorini Nucleus Smart ilovasi bilan bogʻlaganingizda sizdan Axborotni sinxronlashni yoqish soʻraladi. Axborotni sinxronlash funksiyasini yoqish sizning Eshitirish trekeringiz maʼlumotlari Cochlear Cloud bilan sinxronlanganini anglatadi. Agar Axborotni sinxronlash yoqilmagan boʻlsa, Eshitish trekeri maʼlumotlari faqat qurilmangizda saqlanadi va sinxronlanmaydi.
Remote Check qulay, uy sharoitida tekshirish vositasi boʻlib, muvofiq tovush protsessorlariga ega qabul qiluvchilarga shifoxonaga bormasdan turib eshitishni tekshirish imkonini beradi.
Davolovchi shifokoringiz sizdan (yoki farzandingizdan) sizdagi oʻzgarishlarni tekshirishning bir qismi sifatida yoki odatiy uchrashuv oʻrniga Remote Check’ni amalga oshirishni soʻrashi mumkin.
Remote Check quyidagi baholashlarning ayrimlari yoki barchasidan iborat boʻlishi mumkin:
- Implantatsiya joyi surati
- Eshitish salomatligiga oid soʻrovnoma
- Apparaturaga oid soʻrovnoma
- Yordam beriladigan chegara testi
- Shovqin ichidagi nutq testi (raqam tripleti testi)
- Implant tekshiruvi
Remote Check amallari Nucleus Smart ilovasida amalga oshiriladi hamda shifoxonada oʻtkaziladigan tekshiruv bilan bir xil.
Remote Check natijalari avtomatik ravishda davolovchi shifokoringizga yuboriladi va u sizga qoʻshimcha amallar zarurligi haqida maʼlumot beradi.
Remote Check barcha mamlakatlarda ham taklif etilmaydi va siz ilovadan foydalanishingizdan oldin davolovchi shifokoringiz tomonidan sozlanishi lozim.
Remote Check haqida batafsil maʼlumot: www.cochlear.com/remotecare
Agar sizda Remote Check haqida savollaringiz boʻlsa, davolovchi shifokor bilan maslahatlashing yoki Cochlear mijozlarga yordam xizmatiga murojaat qiling. O’zingizga eng yaqin xizmat markazini bu yerdan toping: www.cochlear.com/customer-service
Cochlear Remote Assist sizga davolovchi shifokoringiz bilan Nucleus Smart ilovasi yordamida video koʻrik oʻtkazish imkonini beradi va siz shifoxonaga bormasdan real vaqtda muolaja olishingiz mumkin.
Siz yana davolovchi shifokor bilan eshitishingizga oid oʻzgarishlar haqida gaplashishingiz mumkin, Remote Assist seansi vaqtida tovush protsessoringiz shifoxonadagi dasturga ulanadi. Bu davolovchi shifokoringiz zarur oʻzgartirishlarni amalga oshirishini hamda oʻzgarishlar avtomatik ravishda tovush protsessoringizga saqlanishini anglatadi.
Remote Assist barcha mamlakatlarda ham taklif etilmaydi va siz ilovadan foydalanishingizdan oldin davolovchi shifokoringiz tomonidan sozlanishi lozim.
Remote Assist haqida batafsil maʼlumot: www.cochlear.com/remotecare
Agar sizda Remote Assist haqida savollaringiz boʻlsa, davolovchi shifokor bilan maslahatlashing yoki Cochlear mijozlarga yordam xizmatiga murojaat qiling. O’zingizga eng yaqin xizmat markazini bu yerdan toping: www.cochlear.com/customer-service
Remote Check va Remote Assist endi Nucleus Smart ilovangiz menyusida paydo boʻladi. Agar bu variantlarni menyuda koʻrmayotgan boʻlsangiz, siz toʻgʻri e-pochta hisobidan foydalanib dasturga kiritilganingizni tekshirish uchun davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
Dasturga kiritilishning bir qismi sifatida davolovchi shifokoringiz sizdan joriy eshitish holatingizni baholash uchun Remote Check’ni amalga oshirishni soʻraydi. Sizga sodda koʻrsatmalar keltirilgan e-pochta xabari yuboriladi va siz Nucleus Smart ilovangiz yordamida Remote Check’ni oʻtkazishingiz mumkin boʻladi.
Davolovchi shifokoringiz siz bilan Remote Assist video koʻrigi orqali ulanmoqchi boʻlsa, vaqtni belgilash uchun shifoxonangiz siz bilan bogʻlanadi. Belgilangan koʻrik vaqtida siz Nucleus Smart ilovasi menyusidagi Remote Assist varianti orqali Remote Assist seansiga qoʻshilishingiz mumkin.
Cochlear Remote Care xizmatlariga mos keluvchi tovush protsessorlari, implantlar, operatsion tizimlar va qurilmalar haqida batafsil maʼlumot: www.cochlear.com/compatibility.
Agar siz Remote Check’ni iPod touch qurilmasida amalga oshirayotgan boʻlsangiz, sizga Wi-Fi ulanishi talab etiladi.
Agar Remote Check’ni amalga oshirish uchun yoki Remote Assist seansi uchun muvofiq keladigan qurilmadan foydalanayotgan boʻlsangiz, uning mobil Interneti yoqilgan yoki u Wi-Fi ga ulangan boʻlishi lozim.
Cochlear tegishli maxfiylik va maʼlumotlarni himoya qilish qoidalariga muvofiq mijozlar maʼlumotlarini himoya qilish majburiyatini olgan. Shu zaylda, biz sizning maʼlumotlaringizning xavfsizligini taʼminlash uchun yuqori darajadagi shifrlash texnologiyasidan foydalanamiz. Shaxsiy maʼlumotlar bizning www.cochlear.com/privacy sahifasida keltirilgan Maxfiylik siyosatimizga muvofiq boshqariladi
Eshitishga oid muammolarni davolash boʻyicha oʻzingizning shifokoringiz bilan maslahatlashing. Natijalar farq qilishi mumkin va shifokoringiz sizning natijangizga oʻz taʼsirini oʻtkazishi mumkin boʻlgan omillarni tushuntirishi mumkin. Doimo foydalanish boʻyicha koʻrsatmalarga amal qiling. Barcha mahsulotlar ham barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lavermaydi. Mahsulot haqida maʼlumot olish uchun mahalliy Cochlear vakiliga murojaat qiling.