Tovush protsessoringizni mos Android™ qurilmasi bilan bogʻlash^

Men oʻzimning tovush protsessorimni  Android qurilmam bilan qanday juftlayman?

Nucleus® Smart ilovasining nazorat xususiyatlaridan foydalanishdan oldin siz tovush protsessorlaringizni mos Android qurilmasiga juftlashingiz lozim.

Nucleus 8 tovush protsessorini juftlash

Nucleus 7 yoki Kanso 2 tovush protsessorlarini juftlash

Men ikki tomonlama tovush protsessorlarini oʻz Android qurilmamga juftlay olamanmi?

Ha. Agar sizda ikki tomonlama tovush protsessorlari boʻlsa, siz tovush protsessorlarining har ikkisini mos keluvchi Android qurilmasiga bogʻlashingiz lozim. Buni amalga oshirish uchun har ikki tovush protsessorini bir vaqtda juftlang (ayni juftlash oynasida).

Men Android qurilmam yordamida qanday qilib bevosita oqim funksiyasini yoqishim mumkin?

Mos keluvchi Android qurilmasini juftlagandan keyin siz mos keluvchi Nucleus tovush protsessorlariga oqimni yoqishingiz mumkin boʻladi. Quyidagi videoda buning koʻrsatmasi keltirilgan.

Qaydlar:

  • Sizdagi Android dasturiy taʼminot versiyasidan kelib chiqib, ekrandagi ayrim elementlar farqlanishi mumkin.
  • Android muvofiqligi uchun zarur tovush protsessori proshivkasi yangilanishi sizning mamlakatingizda boʻlmasligi mumkin. Batafsil maʼlumot olish uchun Cochlear bilan bogʻlaning.

^ Cochlear Nucleus Smart ilovasini Google Play do‘konidan topishingiz mumkin. Muvofiqlik maʼlumoti uchun  www.cochlear.com/compatibility saytiga kiring.

Android Google LLC kompaniyasining savdo belgisidir. Google Play va Google Play logotipi Google LLC savdo belgilaridir. Bluetooth® soʻz belgisi va logotiplari Bluetooth SIG, Inc kompaniyasiga tegishli bo‘lgan roʻyxatga olingan savdo belgilaridir va ularning Cochlear Limited tomonidan har qanday foydalanilishi litsenziya orqali amalga oshiriladi.

Eshitishga oid muammolarni davolash boʻyicha oʻzingizning shifokoringiz bilan maslahatlashing. Natijalar farq qilishi mumkin va shifokoringiz sizning natijangizga oʻz taʼsirini oʻtkazishi mumkin boʻlgan omillarni tushuntirishi mumkin. Doimo foydalanish boʻyicha koʻrsatmalarga amal qiling. Barcha mahsulotlar ham barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lavermaydi. Mahsulot haqida maʼlumot olish uchun mahalliy Cochlear vakiliga murojaat qiling.